Kuba inqilobi yetakçisi Fidel Kastroning kuli Respublika Inqilobiy Qurolli kuçlari vazirligining "Granma" zaliga qöyildi. Kuba televideniyesining 28 noyabr kuni ma'lum qilişiça, u yerda respublika oliy rahbariyati va Kuba kommunistik partiyasi mulozimlari Kuba Inqilobining tarixiy yetakçisi bilan vidolaşgan. 

Kastroning kuli bilan vidolaşuv marosimini uning ukasi va davlat rahbari Raul Kastro boşqargan. Uning iştirokçilari 2000 yil 1 may kuni Fidel Kastro tomonidan e'lon qilingan Inqilob ğoyalariga sodiq qoliş böyiça qasamyodni imzolaşdi. 

Kubada Fidel Kastro bilan umumxalq vidolaşuvi davom etmoqda. Şu munosabat bilan Gavana va Santyago-de-Kuba şaharlarida zambaraklardan salyut otilgan. Hukumat qaroriga köra, 29 noyabr-3 dekabr kunlari ertalabki soat 9:00 dan keçki 18:00 gaça har soatda zambaraklardan salyut otiladi. Marosim taşkillaştirilgan holda, tinç-xotirjam vaziyatda bölib ötmoqda. Qandaydir xavfsizlik çoralari körilmagan. 

Fidel Kastro dafn marosimiga kamida 25 davlat rahbarlari kelişi haqida Kuba taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi. 

30 noyabrdan boşlab inqilob yetakçisining kuli Gavanadan Santyago-de-Kuba tomon 4 kunlik yölga çiqadi. U mamlakatning 15ta viloyatining 13tasidan olib ötiladi. 3 dekabr kuni Santyago-de-Kuba şahrining Antonio Maseo maydonida ommaviy miting taşkil etiladi. Dafn qiliş marosimi 4 dekabr kuni ertalab soat 7:00da avliyo Ifigeniya qabristonida bölib ötadi.