Hindistonning badavlat kişilari transport vositasi sifatida köpinça xususiy samolyotlarni tanlaşadi. Laynerlar ijarasi — tez ösayotgan sanoat bölib, Kanika Tekrival asos solgan reaktiv samolyot va vertolyot ijaraga beriş böyiça yangi JetSetGo startapi juda yaxşi işlamoqda. Bu haqda CNN Money naşri xabar beradi.
Hindistonda aviatrafik ötgan yilning özida 20 foizga ösadi. Şu körsatkiç böyiça mamlakat Buyuk Britaniyadan özib ketişi va IATA (International Air Transport Association) ma'lumotiga köra, 2016 yilga kelib aviatsion bozor kattaligi böyiça dunyoda uçinçi örinni egllaşi mumkin.
Capgemini bergan ma'lumotga köra, mamlakatda 200 mingga yaqin millionerlar yaşaydi. Tekrival JetSetGo startapiga 2012 yil asos soladi, hozir u 28 yoşda. Loyihani rivojlantiriş yölida qiz gender tengsizligiga duç keldi, bunday munosabatlar esa uni aslo qörqitmadi: 21 yoşida u saratonga çalindi, davolangaç, inson istagan maqsadiga yeta olişi mumkinligini tuşunib yetdi.
JetSetGo mijozlarining umumiy kapitali 100 mln dollarni taşkil etadi.
Sayohat uçun ular 16 havo kemasidan istalganini tanlaş mumkin. Qisqa parvoz narximijozlarga 3000 dollarga aylanadi, uzoq davom etuvçi sayohat esa 300 ming dollarni taşkil etadi.
JetSetGo birinçi iş kunidan boşlab juda daromadli böldi, xizmat marjasi örtaça taxminan 11 foizni taşkil etadi. Tekrival sözlariga köra, bunda puxta tanlangan strategiya xizmat qiladi: kompaniya öz laynerlarini sotib oliş ğoyasidan voz keçdi.
Kanika Tekrival fikriça, Hindistonda hozirça bor-yöği 300ga yaqin (AQŞda ularning soni 40 mingni taşkil qiladi) xususiy samolyot mavjud bölib, şaxsiy parvozlarga bölgan qiziqiş tobora ortmoqda.












