McLaren Automotive kompaniyasi 570S superkariga Track Pack nomli yangi sport-paket tayyorladi. Uni Buyuk Britaniyada 16,5 ming funt sterling evaziga buyurma qiliş mumkin. Boşlanğiç Ford Focus ham deyarli şunday narxda bölsa (16 ming 445 funt), Volkswagen Golf uçun bir neça ming funt köproq tölaş talab etiladi.
Yangi paketga ega superkar 25 kilogramm oğirroq bölib, bu yangi karbon karkaslari bilan jihozlangan sport örindiqlari va öta yengil ğildirak disklari, şuningdek barça çarm qoplamalarining alkantarga almaştirilişi (örindiqlar, oldingi panel va rul) evaziga amalga oşdi.
Track Pack avtomobilidagi antiqanotlar 12 millimetr yuqoriroqqa harakatlanişi mumkin. Bu soatiga 240 kilometr tezlikda qöşimça 29 kilogramm uşlab turuvçi kuçni taqdim etadi.
Şuningdek, kupe telemetriya yozuv tizimi bilan jihozlanadi. U har bir aylana va alohida sektorlarni bosib ötiş vaqti, tezlik grafikasi va barça kerakli tahliliy ma'lumotlarni beriş imkoniga ega.















