Ferrari kompaniyasi nomida GT Modificata qöşimçasi bölgan 296 superkarining yangi versiyasini namoyiş etdi. Avtomobil 296 GT3 Evo poyga modeli asosida yaratilgan.

347893911869002
Ferrari
Foto:

Dvigatel 730 ot kuçi va 800 N·m aylanuvçi lahzaga ega modernizatsiya qilingan 2,9 litrli V6 turbomotoridan iborat. Muhandislar turbokompressorlar, tirsakli val, şuningdek, maşinaning havo tortiş tizimi va interkulerlarini takomillaştirdi. Şuningdek, sportkar past bosimli yangi yonilği nasosiga ega böldi. Şu bilan birga, Ferrari hozirça superkarning aniq xususiyatlarini oşkor qilmayapti.

347893912785404
Ferrari
Foto:

Bundan taşqari, GT Modificata modeliga yangi aerodinamik paket qöşildi. Unga quyidagilar kiradi: özgartirilgan old splitter, yirik havo yutgiçlar va kattalaştirilgan plastinalarga ega yirik antiqanot.

347893911855727
Ferrari
Foto:

Superkar salonida olti nuqtali xavfsizlik kamarlariga ega çömiçsimon örindiqlar örnatildi. Haydovçi uçun orqa köriniş kamerasi, şinalardagi bosim datçiklari, maxsus V-Box ölçov majmuasi va Bosch telemetriyasi mavjud.

Yangi modelning narxi eʼlon qilinmagan. Hozirça faqat maşina çeklangan adadda işlab çiqarilişi maʼlum.