Xitoyning BYD kompaniyasi tormoz tizimidagi nuqsonlar tufayli 183 mingdan ortiq avtomobiliga texnik xizmat körsatadi. Bu haqda Xitoy Bozorni tartibga soliş davlat boşqarmasi xabar berdi.

Xitoy regulyatori maʼlumotlariga köra, qöşimça xizmat körsatiş dasturi faqatgina Xitoy içki bozori uçun 2014-yildan 2022-yilgaça işlab çiqarilgan quyidagi modellarni öz içiga oladi: 2015-yil 28-martdan 2018-yil 21-dekabrgaça bölgan davrda işlab çiqarilgan 58 ming 26 ta Tang seriyasi, 2018-yil 19-maydan 2022-yil 14-yanvargaça bölgan davrda işlab çiqarilgan 77 ming 846 ta yangi avlod Tang DM, 2018-yil 27-dekabrdan  2021-yil 25-oktabrgaça bölgan davrda işlab çiqarilgan 7 ming 23 ta yangi avlod Tang EV hamda 2014-yil 27-iyundan 2019-yil 9-iyungaça bölgan davrda işlab çiqarilgan 40 ming 316 ta Qin seriyasidagi avtomobillar. Çaqirilib olinayotgan umumiy maşinalar soni 183 ming 211 tani taşkil etadi.   

Muammo nimada?

Tekşiruvlar natijasida tormoz pedalini çeklovçi maxsus detal materialida işlab çiqariş nuqsoni borligi aniqlangan. Avtomobildan uzoq muddat foydalaniş oqibatida uşbu detal yorilişi yoki sinib, öz joyidan tuşib ketişi mumkin. Eng xavfli jihati şundaki, detal işdan çiqqanda haydovçi tormoz pedalini bosmagan taqdirda ham, maşinaning orqa tormoz çiroqlari töxtovsiz yonib turaveradi. Bu holat esa ortdan kelayotgan boşqa haydovçilarga notöğri signal berib, yöllarda jiddiy avariya holatlarini keltirib çiqarişi mumkin.