80 yil avval jurnalist Napoleon Xill AQŞdagi badavlat va muvaffaqiyatli erkaklarning taqdirini tadqiq qilib, ularni bir-biri bilan taqqoslagan. U özining tadqiqoti natijasini "Öyla va boy böl" deb nomlangan kitobida bayon qilgan. U bu kitobida boyroq bölişga yordam beruvçi 13 prinsip haqida sözlagan.
Kitobdagi bayon qilingan 10-prinsip "muhabbat energiyasini ijodga aylantiriş" deb ataladi. Uning aytişiça, muhabbat va ehtiros muvaffaqiyatli va badavlat bölişni belgilovçi omillardir.
Xill şunday yozgan: "Inson tuyğularidan eng qudratlisi muhabbat va ehtiros hisoblanadi. Hamma odamlardan seviş tuyğusi kuçli rivojlangan va uning yonida uni qöllab-quvvatlovçi ayol bölgan odam eng katta muvaffaqiyatlarga erişadi".
Bugungi kunda, şunça vaqt ötgaç biz xuddi şu fikrni muvaffaqiyatli ayollardan eşitmoqdamiz. "Mening kareramdagi eng muhim tanlov turmuş örtoğimni tanlaganim bölgan", deb aytmoqda Facebook ijroçi direktori Şeril Sendberg. Bu ayolning taxminiy boyligi 1,1 mlrd dollarni taşkil qiladi.
Sent-Luisdagi Vaşington universiteti olimlari tomonidan ötkazilgan tadqiqot tuşunuvçi va farosatli turmuş örtoqning mavjudligi yaxşi maoş olişga imkoniyatlarni oşirişini körsatdi: "Juda rostgöy va tuşunuvçan turmuş örtoqqa ega xodim tuşunişni istamaydigan, beğam turmuş örtoqqa ega xodimdan köra 50 foizga köproq ehtimol bilan xizmat pillapoyalaridan yuqoriga kötariladi".
Farosatli, dono turmuş örtoqlar öz juftlariga kareralariga öz e'tiborlarini qaratişga ijozat berişga katta darajada moyildirlar. Bundan taşqari, muvaffaqiyatli turmuşga çiqqan yoki uylangan odamlar uylarida bezovtalik sezmaydilar, bu esa ularga işlari va ijodlari uçun köproq energiya tejaşga imkon beradi.
Xill erkaklarni tahlil qilgan va asosan ular uçun öz fikrlarini yozganiga qaramasdan, u özi bilmagan holda soğlom munosabatlar moliyaviy farovonlikning eng muhim taşkil etuvçisi ekanligi haqidagi xulosaga kelgan. Mana 80 yil ötgaç biz va siz bu prinsip ikki tomonga ham birdek ta'sir qilişini bilamiz.











