Orzu-maqsadsiz, umidsiz yaşab bölmaydi. Orzusiz inson – inson emas. U tirik jism xolos. Orzu degani esa çegara bilmaydi. Köngilga qöyib bersang, nimalarni istamaydi. Yoşdan, maslakdan qat’i nazar odam nimanidir istayveradi. U istak esa xoh ma’nili bölsin, xoh ma’nisiz istovçisi uçun eng buyuk omil. Abduqayum Yöldoşevning «Parim bölsa…» hikoyasi boş qahramoni Ğaniboy ham orzusi yölida aqldan ozdi…
Syujyet:
Asar şahar jinnisi bölgan Ibodulla haqida batafsil ta’rif bilan boşlanadi. U şunçalar şaharni sevadiki, har gal şaharga tuşiş u uçun bayram bölardi. U özini şaharda şunday tutardiki, şaharliklar uni çindan şaharlik deb öylardi. Ovullarida kim şaharga bormoqçi bölsa, uni ham birga olib ketişardi.
Şunday yumuş bilan uni bir kun boyvaçça tadbirkor, ovulining “kattasi” hisoblanmiş Ğaniboy çaqirtirib qoladi. Ğaniboy filologiya fakultetida öqigan, ammo bu sohada bir kun ham işlamagandi. U Ibodulladan şaharga özi birga tuşib çiqişini iltimos qiladi. Ibodulla rozi böladi. Şaharga borgaç esa uni hayratga soluvçi voqealar guvohiga aylanadi.
Ular şaharga borgaç teatrga tuşadi. “Oqquş köli” nomli namoyişga kirişadi. U yerdan Ğaniboy bitta baletçi qizga es-huşidan ayrilgulik darajada termiladi. U öşa balerinaga avvalroq oşiq bölib qolgandi. Bu şunday oşiqlik ediki, buni Ğaniboyning özi bir körişdagi muhabbat deb hisoblardi. U uçun şaharning örtasidan katta bir imorat qurdirgandi. Bu imoratni Ibodullaga körsatganda Ibodulla hang-u mang bölib qoladi.
Afsuski, balerina ayolning boşqa sevgani bor edi. Öşa ma’şuği bilan uyiga kirib ketayotganini körgan Ğaniboy aqldan ozgudek böladi va öşa joydayoq yiqiladi. Telbavor holatda örnidan turadi. Şifoxonada unga “psixogen amneziya” taşxisini qöyişadi. Borib-borib tildan qoladi. Xullas, u öz hayoti mazmuni deb öylagan muhabbati vayron bölganini hazm qilolmaydi…
Tahlil:
Hikoyada oddiy, mehnatkaş insonlar hayoti qalamga olinadi. Hikoyani öqib borarkansiz Ibodulla haqida uzundan uzoq ta’rif-u tasvirlaşlardan hozir nimadir böladi-yu Ibodulla nimadir qiladi va asar kulminatsiyasi boşlanadi deb öylaysiz. Yöq. Kulminatsiya Ğaniboy bilan sodir böladi. E’tibor berilsa, ikki qahramon ham boşqalardan ozroq bölsa ham farq qiladi. Ibodulla şaharga öçligi, şahar desa özini tomdan taşlaşi, borgaç özini tutişi, ya’ni ozroq quvligi bilan ajralib tursa, Ğaniboy esa aynan filologiya fakultetida öqib, ammo bu sohada biror kun ham faoliyat olib bormagani hikoya boşidayoq “qistirib ötiladi” (Köpçilikka sir emaski, filologiyada öqigan yigitlar ozroq romantik böladi).











