Bolalikdanoq qiz bolaga “sevimli böl”, “xöp böladi de”, “mehribon böl” degan sözlar köp aytilgan. Öğil bolaga esa “mağrur böl”, “hislaringni körsatma”, “erkak kişi yiğlamaydi” deyişgan. Şu tarzda jamiyat ilk qadamdanoq ikki xil rolni belgilab qöyadi. Natijada qizlar katta bölganida muhabbatni his qilişga emas, uning uçun mehnat qilişga örganib qoladi.
Psixolog Dilnoza Yusupovaga köra, bu holat “emotsional mehnat” deb ataladi:
“Munosabatda ayol köproq emotsional mas’uliyatni oladi — u yaraşişga qadam taşlayotgan, köngil kötarayotgan, muhitni yumşatişga urinayotgan böladi. Bunday ayollar munosabatda şerigining muhabbatidan köra, ‘men yaxşi ayolmanmi?’ degan savolga javob izlaşadi. Bu esa ularni köpinça ruhiy çarçaş va ehtiyojlarini unutiş holatiga olib keladi. Erkak esa köpinça munosabatning oqimini qabul qiladi. Bu biologik emas, ijtimoiy rolning natijasi.
Ayollar muhabbatni tuyğu emas, mas’uliyat sifatida qabul qilişadi. Şu bois, u munosabatda “ham ona, ham döst, ham maslahatçi” bölib ketadi. Erkaklar esa köpinça “emotsional mehnat”ni ayol zimmasiga yuklab qöyişadi — ular şunday qiliş kerakligini bilişmasa ham kerak balki.
Ammo zamonaviy munosabatlar yangi yönalişda. Yangi avlod ayollari muhabbatda ham hissiy tenglikni izlayapti. Ular uçun muhabbat — faqat beriş emas, balki özaro ehtirom va teng hissiyot almaşinuvidir. Muhabbat — bu qurbonlik emas. Agar bu munosabatlar seni özingni yöqotişga majburlayotgan bölsa, bilginki bu muhabbat emas.
Şuning uçun muhabbatdagi jonbozlik faqat bir tomonlama bölmasligi kerak. Ayol sevganda özini yöqotmasin, erkak sevganda hissiyotini yaşirmasin.
Şundagina muhabbat nafaqat yurak, balki insonning qadrini ham saqlab qoladi”, deydi psixolog.
Muhabbat niqobi ostidagi boğliqlik
Tadqiqotlar körsatişiça, sevgi munosabatlarida özini töliq şerigiga bağişlaydigan ayollar dastlab özini baxtli his qiladi. Ammo vaqt ötişi bilan emotsional çarçoq, qiymatsizlik hissi paydo böladi. Munosabatda şaxsiy çegaralarni yöqotgan ayollar öz qadrini past baholay boşlaydi va bu keyinçalik ruhiy boğliqlikka aylanadi.
Muhabbat munosabatlarida “emotsional avtonomiya” — ya’ni mustaqil hissiy fikr va qaror qabul qiliş qobiliyati — munosabatning barqarorligi uçun asosiy omil ekanligi ta’kidlangan.













