Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Rossiya 2017 yilda Tojikistonga uning barqarorligini ta'minlaş maqsadida "katta miqdorda aviatsion texnika" yetkazib berilişini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Bu haqda Şoygu Tojikiston mudofaa vaziri Şerali Mirzo bilan uçraşuvda aytdi.

Şoyguning aytişiça, 2017 yilda Rossiya va Tojikiston örtasida "harbiy-texnik hamkorlik, qurol-aslaha va harbiy texnika yetkazib beriş böyiça muhim faza" keladi. Ma'lum qilinişiça, Tojikistonga samolyot va vertolyotlar yetkazib berilişi közda tutilgan.   

Şoygu harbiy texnikaning yetkazib berilişi mintaqada barqarorlikni saqlaşga imkon berişini hamda IŞID va "Afğoniston hududidagi boşqa terrorçilik taşkilotlari" bilan kuraşişda yordam berişini aytdi.

Bundan taşqari, Şoygu bu "yovuz kuçlar bilan bir safda kuraşişga" va'da berdi. Tojikiston mudofaa vaziri öz navbatida, "hamdöstlikning janubiy sarhadlari işonçli qöriqlanişiga" va'da berdi.