«Şapekoense» klubi darvozaboni Nivaldo öz faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Daily Mail naşrining yozişiça, 42 yoşli futbolçi «Şapekoense» maydonida keçadigan javob öyinida jamoa tarkibidagi 300-öyinni ötkazib, faoliyatini yakunlaşni rejalaştirgandi. U şu sababli ham jamoa bilan Sudamerikana turnirining birinçi finali öyini uçun Kolumbiyaga uçib ketmagan.
«Men jamoa bilan uçişim kerak edi. Ammo qolişga qaror qilgandim. Hammada öz sababi böladi.
Yakşanba kuni «Palmeyras»ga qarşi öyinga ham bormagandim va 300-öyinimni «Atletiko Mineyro»ga qarşi öz maydonimizda ötkazişni va keyin faoliyatimni yakunlaşni niyat qilgandim.
Rejalar özgarib ketdi. «Palmeyras»ga qarşi öyindan keyin jamoa Şapekoga qaytmasdan töğri Medelinga yöl olgan. Şu tufayli men bu safardan qolib ketganman», – degan Nivaldo.
Aviahalokatdan söng karaxt ahvolga tuşgan Nivaldo sönggi turni kutib ötirmasdan, faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Bunda u köz yoşlarini tiyib turolmadi.
Nivaldu jamoa safida 2006 yildan buyon töp surib kelgan. Uning jamoa bilan ötkazgan öyinlari soni 298taligiça qoldi.












