Turkiya Rossiya federatsiyasi bilan viza çeklovlari bekor qilinişini istaydi. TIV rahbari Mavlud Çovuşöğlining Alaniyada bölib ötgan Rossiya va Turkiya delegatsiyalari qöşma majlisida ma'lum qilişiça, Turkiya ikki mamlakat fuqarolari bir-birining hududida içki pasportlar bilan harakatlanişini yölga qöyiş taşabbusini ma'qullaydi.
"Bizda munosabatlarni yanada rivojlantiriş uçun qulay imkoniyatlar mavjud. Biz Rossiya bilan viza çeklovlari butunlay yeçilişini va fuqarolarimiz bu davlatga safarlari davomida içki pasportlardan foydalanişiga erişişni istaymiz", - degan u.
Çovuşöğlining fikriça, "munosabatlardagi inqiroz haqida gapirişni bas qiliş va özaro munosabatlarni rivojlantiriş ustida işlaş lozim".
"2023 yilgaça biz özaro tovar aylanmsi hajmi 100-milliard dollarga yetişini möljallaganmiz. Biz şu yönalişda iş olib bormoqdamiz. Savdo sohasidagi çeklovlarni bekor qilib Rossiya muhim qadam taşladi", degan vazir.
U Rossiya Turkiyada bir qator "strategik loyihalar", xususan "Akkuyu" AESini quriş loyihasini amalga oşirayotganini ta'kidlagan.
Rossiya va Turkiya hukumatlari örtasidagi "Akkuyu" maydonida (Turkiya janubidagi Mersin şahri) hamkorlikda atom elektr stansiyasini quriş va işga tuşiriş töğrisidagi şartnoma 2010 yilda imzolangan edi.
Bu AES 2022 yilda işga tuşirilişi rejalaştirilgandi.
2015 yil noyabridagi voqealardan keyin (Su-24 urib tuşirilişi) Rossiya Turkiyada AES qurişni töxtatdi.
Faqat 2016 yil avgustiga kelib Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" gaz quvuri va "Akkuyu" AESi qurilişini tiklaşga kelişib oldi.












