Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olişni, ayniqsa sobiq ittifoqdan kelganlarga, soddalaştirişga çaqirdi. U bu haqda 2 dekabrda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi .
"Men bir neça marotaba, ayniqsa muayyan toifadagi sobiq ittifoq respublikalari fuqarolari tomonidan Rossiya fuqaroligini oliş masalalariga hukumatning e'tiborini qaratganman. Bu masalalar maksimal darajada qoğozbozçilikdan xoli bölişi kerak", deb aytdi Putin.
Putin şuningdek bu masalada madaniyat va san'at arboblariga yon bosiş masalasini işlab çiqişni buyurdi. "Ijodiy kasblar odamlariga aniq nimadir taklif qiliş kerak. Keling, bu vaziyatdan çiqişga harakat qilib köramiz", deb ta'kidlab ötgan Putin.
Şu bilan birga, Putinning ta'kidlaşiça, bu masalada qoğozbozçilik bilan boğliq tösiqlarning bartaraf qilinişi xavfsizlik darajasining kamayişiga olib kelmasligi kerak.
29 noyabrda amerikalik iqtisodçi va AQŞning sobiq prezidenti Ronald Reygan davrida AQŞ moliya vazirining iqtisodiy siyosat böyiça sobiq yordamçisi Rossiya fuqaroligi berilişini söragandi.
Ötgan haftada amerikalik aktyor Stiven Sigal ham şaxsan Putin qölidan Rossiya pasportini oldi. Bungaça Rossiya fuqaroligi bir qator xorijlik sportçi va san'at arboblariga, jumladan amerikalik boksçi Kiçik Roy Jons va fransuz aktyori Jyerar Depardega ham berilgandi.












