Polşa Mudofaa vaziri Antoniy Maçereviç va uning ukrainalik hamkasbi Stepan Poltorak harbiy sohada hamkorlik qiliş böyiça hukumatlararo kelişuvni imzoladi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali saytida xabar yozilgan.

Xabar qilinişiça, bu kelişuv Petro Poroşenkoning Varşavaga davlat taşrifi davomida ikki davlat rahbari şohidligida imzolangan.

«Uşbu hujjatni imzolaşdan maqsad  ikki davlatning mudofaa sohasida özaro muvofiqlikda harakatlanişining huquqiy bazasini yaratiş hisoblanadi», — deyilgan Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Uşbu kelişuv ikki davlat örtasida bungaça tuzilgan harbiy texnikalar va qöşma maşğulotlar böyiça kelişuvining kengaytirilişi hisoblanadi.

Yangi kelişuvning muhim jihatlari sifatida harbiy aloqalar va informatsion tizimlar, logistik ta'minot, modernizatsiya va qurollar yetkazib beriş hamda maxsus amaliyotlar ötkaziş kabilarni keltiriş mumkin.