Bir neça maşhur futbolçilar soliq tölaşdan boş tortişda gumon qilinmoqdalar. Gap germaniyalik yarim himoyaçi Mesut Özil, portugaliyalik himoyaçilar Pepe va Rikardu Karvalyu, kolumbiyalik futbolçilar Xames Rodriges va Radamel Falkao haqida ketmoqda. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda. Ularning barçasi, Özildan taşqari, taniqli futbol agenti Jorjye Mendeşning mijozlari hisoblanadi. Ta'kidlanişiça, aynan Mendeş soliqdan qoçiş firibgarlik sxemasini işlab çiqqan. 

Avvalroq, Der Spiegel portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu 150 mln yevrolik soliqni yaşirgan bölişi mumkinligini ma'lum qilgandi. Bundan taşqari, soliqlarni yaşirişda Joze Mourino ham iştirok etgan. U 12 mln yevrolik soliqni yaşirişda ayblanmoqda. 

Bu orada Mendeşning Gestifute kompaniyasi Ronaldu va Mourino soliq firibgarliklariga aloqalari yöqliklari haqida bayonot bilan çiqdi.