Italiya aholisi konstitutsiya islohotiga oid referendumda ayni islohotga qarşi ovoz berdi. Hukumat qonun loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan söng, boş vazir Matteo Rentsi öz va'dasiga binoan iste'foga çiqişini e'lon qildi.
Ovoz beriş jarayoni 4 dekabrda bölib ötdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi vazifasini bajaruvçi içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, italiyaliklarning aksariyati — 59,11 foizi — respublikaning asosiy qonuniga özgartişlar kiritiş ğoyasini ma'qullamagan.
Umuman referendumda birgina masala – konstitutsiyaga özgartiş kiritişga oydinlik kiritilişi kerak edi. Aslida, Rentsi hukumati nimani taklif qilgan edi? Mamlakat hukumati Senat vakolatlarini özgartirişni közda tutar edi.
Xususan, parlamentni viloyat kengaşlari şakllantirişi lozim edi. Ya'ni, ulardan 74 nafar maslahatçi hamda 21ta şahar hokimi Senat a'zosi bölişi kutilayotgan edi. Mamlakat prezidenti esa yana beş nafar parlament a'zosini tayinlaşi lozim edi.
Agar tuzatişlar qabul qilinganda, Senat uçdan bir qismdan köproqqa (315 senatordan 100 nafar qolar edi) qisqarişi mumkin edi. Bundan taşqari, parlament vakolatlari ham tahdid ostida qolayotgandi. Rentsi senatorlar ixtiyoriga islohotlar va konstitutsiyani özgartirişga oid bir neça masalani hal etiş ixtiyorini berişga rozi edi.
Şu bilan birga, konstitutsiyaviy islohotga köra, viloyatlar va markaziy hukumat örtasidagi vakolatlar qayta taqsimlanar edi.
Matteo Rentsi öz loyihasiga katta umid qilgandi. Ammo, afsuski, uning umidlari puçga çiqdi. Şu sababli, özi bir neça marotaba ogohlantirganidek, iste'foga çiqdi.












