Rossiyaning Xanti-Mansiyski yaqinida yuz bergan yirik yöl-transport hodisasida 10 kişi halok böldi, deb ma'lum qildi TASS axborot agentligi. Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, qurbonlardan 9 nafari bolalar bölgan.  

Dastlabki ma'lumotlarga köra, Xanti-Mansiysk-Tyumen trassasida avtobus, yuk maşinasi va ikkita yengil maşina töqnaşib ketgan. Ma'lum qilinişiça, yana 20 kişi jabrlangan.

Avtobusda nefteyugansklik yoş sportçilar ketayotgan bölgan. Ular akrobatika böyiça musobaqalardan qaytayotgan bölganlar.

Ma'lumotlarga köra, Xanti-Mansiyskda 4 dekabr ertalab yana bitta yirik YTH yuz bergan. Bu avtohalokatda 5 kişi halok bölgan va yana 10 kişi jarohat olgan.

Ikkala YTH joyiga ham köplab tez tibbiy yordam brigadalari yuborilgan.