Xitoy matbuotida "kelajak avtobusi" deb e'tirof etilgan Xitoyda yaratilgan portal avtobusi – TEB jurnalistlar tomonidan Şanxay çekkasida taşlandiq holda topildi. Jurnalistlarning aytişiça, avtobus taşlandiq holga kelib qolgan, katta umidlar bergan avtobus yaratuvçilari esa aloqaga çiqmay qöyganlar, deb xabar bermoqda Shanghaiist.
Naşrning yozişiça, avtobus ikki oydan beri sinov yölining bostirmasi ostida çang bosib yotibdi. Jurnalistlarning aytişiça, kelajak transportini bir neça qöriqçi qöriqlamoqda. Ularning aytişiça, avtobusni işlab çiqqan kompaniya menejyerlari aloqaga çiqmayaptilar, avtobus bilan esa 2 oydan beri heç kimning işi yöq.
Ostidan maşinalar öta olişi mumkin bölgan avtobusning kontsepti 2016 yil may oyida taqdim qilingandi. Loyihaning boş muhandisi öşanda va'da berganidek, avtobus funksionalligi böyiça metro yoki monorelsning arzon muqobili bölişi kerak edi.

2 avgustda avtobusning amaldagi modeli namoyiş qilingandi va şundan keyin u haqda mahalliy matbuotda ijobiy fikrlar bildirilgandi. Biroq taqdimotdan bir haftadan keyin jurnalistlar bu fikrlarini birdaniga özgartirib, uning yaratuvçilarini katta firibgarlikda gumon qila boşlaşgandi.
Aniqlanişiça, loyihaning boş muhandisi sifatida taniştirilgan odam hattoki örta ma'lumotga ham ega bölmagan, avtobus yaratilişiga sarmoya kiritgan odamlar esa pullari qaytarilişiga heç qanday moliyaviy kafolat olmaganlar.












