Möğulistondagi Oyuu tolgoy konida eksportni töxtatiş oqibatida Xitoy-Möğuliston çegarasida yuk maşinalaridan iborat juda katta tirbandlik yuzaga kelgan. Bu holat Xitoyning kömir va mis konsentlarini olib ötişga bölgan yangi bojxona yiğimlari bilan boğliq, deb xabar beradi mahalliy Montsame axborot agentligi.

«Turquoise Hill Resources» kompaniyasining xabar berişiça, Oyuu konida mis konsentatini eksport qiliş birinçi dekabrdan boşlab noma'lum muddatga qoldirilgan.

Kompaniyaning ta'kidlaşiça, Xitoy tomonining yangi talabi sabab juda katta yuk maşinalari tirbandligi paydo bölgan. Ular nazorat punkti va çegaradan ötiş navbatini poylaşmoqda. 

Xitoy esa yangi bojxona yiğimlarini Gants mod çegara punktidagi uskunalarni modernizatsiya qiliş maqsadida kiritdi. 

«Frontera» naşri Möğulistondan Xitoyga çözilib ketgan 60 kilometrlik yuk maşinalarining tirbandligi tasvirlangan videoni çop etdi.