4 dekabr kuni Rossiyaning Xanti-Mansi muxtor okrugida röy bergan yirik yöl-transport hodisasi oqibatida 12 kişi halok bölib, 22 kişi jabrlangandi. Özbekiston FVV bergan ma'lumotga köra, uşbu YTH oqibatida halok bölganlar va jabrlanganlar orasida özbekistonliklar bor.

Aniqlik kiritilişiça, qurbonlar orasida Özbekiston fuqarosi Ergaşeva Zulfiya Sarvar qizi (2001 yil tuğilgan) bor. Uning singlisi (u ham 2001 yilda tuğilgan) Gavhar esa oğir ahvolda şifoxonada qolmoqda.

Vazirlik ma'lumotiga köra, ayni vaqtda Rossiya tomoni bilan marhumning tanasini Özbekistonga olib keliş jarayoni hal qilinmoqda. 

Özbekiston FVV va boşqa tegişli vazirliklar qurbonning oila a'zolariga yordam körsatiş çoralarini körmoqda.

4 dekabr kuni okrug hududida, Xanti-Mansiysk–Tyumen trassasining 926-kilometrida avtobus va yuk maşinasi iştirokida YTH röy berdi. Avtobusda sport akrobatikasi böyiça bolalar jamoasi iştirokçilari Xanti-Mansiyskdan Nefteyuganskka qaytayotgan edi.

Jabrlanganlar Xanti-Mansiyskdagi okrug klinik şifoxonasida qolmoqda.