Hindiston hukumati mamlakatdagi "eng badavlat oilani" qayd qilişdan boş tortdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. 

Hindiston boş vaziri Narendra Modi özining saylovoldi va'dalarini bajarişga intilib, öz daromadlarini yaşiruvçi şaxslarga ularning daromadidan bir martalik 45 foizlik haq undiriş evaziga amnistitsiya taqdim qilişga rozi böldi.

Ta'kidlanişiça, Hindiston moliya vazirligi 4 kişidan iborat oila topşirgan 29 mlrd dollarlik deklaratsiyani qabul qilişdan boş tortdi. Vazirlikda bu deklaratsiya "şubhali" deb topilgani aytildi.

Mumbaylik bu oila deklaratsiya qilinmagan daromadlar uçun amnistiya taqdim qilinişi davlat dasturidan foydalanmoqçi böldi. Bu deklaratsiya qabul qilinganda uşbu oila Hindistonning eng boy odami, 21 mlrd dollarlik boylikka ega bölgan tadbirkor Mukeş Ambanidan ham boyroq bölardi.

"Ayonki, bu pul yuvişga urinişdir, hukumat idoralari tomonidan bu holat böyiça tergov boşlaş töğri bölardi", deb aytdi Demokratik islohotlarni boşqariş uyuşmasi vakili Anil Verma.

Afv etiş dasturi hozirdayoq 673,8 mlrd rupiy miqdorida noqonuniy daromadni aniqlaşga olib keldi. Faqatgina ikki holda moliya vazirligi buni rad etdi.

Avvalroq Modi mamlakatda ötkazilayotgan "karaxt qiluvçi" valyuta islohotini aççiq çoy damlaşga qiyoslagandi.