AQŞning amaldagi prezidenti Barak Obama özining sakkiz yil prezidentlik davrida ta'til uçun 85 mln dollardan ziyod mablağ işlatgan. Bu haqda The Daily Mail yozmoqda.
Judicial Watch naşriga ayon bölişiça, Obama oilasi yiliga 10 million dollar mablağni dam oliş uçun sarflagan.
Körsatib ötilgan summa oilaning xavfsizligini ta'minlaşga, parvozlarga, şuningdek, maşina hamda mehmonxona nomerlariga, AQŞ maxfiy xizmati xodimlariga xarajat qilingan.
Ma'lum qilişlariça, bu summa yakuniy emas. Prezident oilasi har yili Gavayi orolida Rojdestvo bayramini nişonlaydi va bu yil ham bundan mustasno emas. Judicial Watch ma'lumotiga köra, oila 2015 yilgi ana şunday bayramga 4,8 mln dollar mablağ sarflagan.











