Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili uning "Yangi kuçlar harakati" partiyasining maqsadi Ukrainada siyosiy sinfni töliq özgartiriş hisoblanişini aytdi.

Şu bilan birga Saakaşvili yangi partiyaning Oliy radaga muddatdan avval saylovlarda ğalaba qozonişi va şundan keyin prezidentga impiçment e'lon qilişning iloji bölişiga işonç bildirdi. 

"Bizning maqsad – Ukraina siyosiy sinfini özgartirişdir. Prezident Poroşenko menga boş vazir bölişni taklif qilganda, menda boş vazir bölişdan köra yuqoriroq ambitsiyalar borligini aytgandim. Men siyosiy öyinning qoidalarini butkul özgartirmoqçiman. Men siyosiy sinfni töliq özgartirmoqçiman va bu jarayonning bir qismi bölmoqçiman", deb aytdi Saakaşvili Deutsche Welle naşriga bergan intervyusida. 

Saakaşvili Oliy radaga muddatdan avval saylovlar ötkazilişi zarurligini aytdi. "Agar muddatdan avval saylovlar ötkazilmasa, agar bu rada yana ikki yildan köproq bölsa, biz bu yerda xaos olişimiz mumkin", deb aytdi Saakaşvili.

Şu bilan birga Saakaşvili muddatdan avval saylovlar uning partiyasiga ğalaba olib kelişiga işonmoqda. "Bizda köpçilik bölişi bilan, biz istalgan qonunni ötkaza olamiz. Biz prezident taqiqlovini yenga olamiz. Va biz impiçment e'lon qila olamiz", deb aytdi Saakaşvili.   

Saakaşvili tezda öz sözlarini tuzatib quyidagiça fikrni bildirdi: "Yöq, men impiçment bilan qörqitmayapman. Men bu siyosatni yurgaziş va bu siyosatni yurgaziş uçun biror-bir tösiqdan xalos böliş uçun vosita bölişini aytmoqdaman".

Saakaşvili özgarişlar zarurligi haqida gapirib, Ukraina siyosiy sinfi 25 yil mavjudligidan beri mamlakat aholiga yalpi içki mahsulot böyiça Yevropadagi eng noçor davlatlardan biriga aylanganini aytdi.