6 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Amaliy muloqot çoğida parlament quyi palatasining deputatlari “Intellektual mulk töğrisidagi qonun hujjatlari yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun loyihasini ham muhokama qildilar.

Ta'kidlandiki, uşbu huquqiy hujjatning qabul qilinişi intellektual mulk egalarining huquqlarini ularning mahsulot belgilaridan insofsiz raqobatçilar tomonidan foydalanilişidan himoya qiliş darajasini sifat jihatdan oşiriş, tadbirkorlik sub'yektlariga röyxatga olingan tovar belgilari töğrisidagi axborotlardan jadal foydalaniş, sud qarorlarini qabul qiliş çoğida tovar belgisini insofsizlik bilan röyxatdan ötkazilişidan tadbirkorlik sub'yektlarini himoya qilişda yakuniy qarorning yanada aniq va bir xilda ifodalanişini ta'minlaş imkonini beradi. Bundan taşqari, tovar bozorlarida insofsiz raqobat holatlariga qarşi yanada samaraliroq kuraşiş va bunday holatlarning oqibatlarini bartaraf etiş juda muhimdir. Normalar intellektual mulkni himoya qiliş huquqining xalqaro amaliyotiga muvofiqlaştirilgan.