6 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni yanada çuqurlaştirişga, fuqarolarning, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini körib çiqdilar.
Parlament vakillari öz işlarini “Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonun loyihasini muhokama qilişdan boşladilar.
“Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilaş prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oşirişga, ular tomonidan xizmat vazifalarining vijdonan bajarilişini rağbatlantirişga xizmat qiladi”, deyilmoqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Axborot xizmati bergan ma'lumotda.











