Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Xorazm viloyatiga taşrifi doirasida işsizlik va kambağallikni qisqartiriş, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab oliş hamda mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni örgandi.

Senat raisi Xiva va Qöşköpir tumanlaridagi “oğir” toifaga kiritilgan Ğovuk va Şixmaşhad mahallalarida bölib, aholi bandligini ta’minlaş va daromad manbalarini kengaytirişga qaratilgan loyihalar bilan tanişdi.

Ğovuk mahallasida mebel, eşik va deraza romlari işlab çiqariş aholining asosiy daromad manbalaridan biriga aylangan. Mahallaning ixtisoslaşuvidan kelib çiqib, Hunarmandçilik markazini taşkil etiş, ustalar uçun zarur şaroitlar yaratiş va işlab çiqarişni klaster usulida yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Şixmaşhad mahallasida esa hunarmandçilik va boğdorçilik asosiy yönalişlar hisoblanadi. Bu yerda 100 dan ortiq hunarmand xonadonlari faoliyat yuritib, naqş öymakorligi asosida yoğoç mahsulotlari tayyorlamoqda. Mahsulotlar Qoraqalpoğiston va boşqa hududlarga ham yetkazib berilmoqda.

Viloyat oldiga yil yakuniga qadar işsizlik va kambağallikdan xoli hududlarni şakllantiriş vazifasi qöyilgan. Prezidentning Xorazm viloyatiga taşrifi davomida 81 ming kişini kambağallikdan çiqariş va 39 ming işsiz fuqaroning bandligini ta’minlaş belgilangan.

Şu maqsadda Senat tomonidan mahallalarda işsizlik va kambağallikni qisqartiriş böyiça deputatlik va jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga qaratilgan yangi tizim işlab çiqildi.

Unga muvofiq, har bir deputat özi saylangan okrugdagi mahallalarda “mahalla yettiligi” va jamoat taşkilotlari vakillari bilan birgalikda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qiladi. Deputatlar muammolarni aniqlaş bilan çeklanmay, ularni hal etişda mas’ul taşkilotlarga amaliy yordam körsatiş, ijroni kuzatiş va yakuniy natijani baholaşda ham iştirok etadi.

Ayniqsa, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan individual reja asosida işlaş, ularni kambağallikdan çiqariş va barqaror daromad manbaiga ega bölişiga kömaklaşişga alohida e’tibor qaratiladi.

Amalga oşirilayotgan işlar har hafta doimiy komissiyalar tomonidan örganiladi. Natijalar esa har oy mahalliy kengaşlar sessiyalarida muhokama qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobotlari eşitiladi.

Yangi tizimni Xorazm viloyatidagi 348 nafar deputat faoliyatiga hamda 509 ta mahallaga tatbiq etiş böyiça vazifalar belgilangan.