Ayova ştati gubernatori Terri Branstad prezident Donald Tramp tomonidan AQŞning Xitoydagi elçisi etib tayinlandi, deb yozmoqda The New York Times.

Mualliflarning ta'kidlaşiça, Tramp bu lavozimga XXR raisi Si Jinpingni «eski oşna» deb ataşni xuş köradigan insonni tayinlab, mamlakatga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlari haroratini biroz pasaytirmoqçi.

Uning sözlariga köra, Brandstadning nomzodi bu juda töğri qaror.

«U ularning barçasini taniydi», - deya ma'lum qildi saylangan prezident.

Naşrning yozişiça, Xitoy taşqi siyosat mahkamasi vakili Lu Kan AQŞning bölajak elçisini «Xitoy xalqining yaxşi dösti» deya atagan.

«Biz uning mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş borasidagi harakatlarini ma'qullaymiz», - deya ma'lum qildi Kan.