«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, tantanali marosimdan keyingi muloqotda Özbekiston va Bruney örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni kengaytiriş istiqbollari körib çiqilgan.
Taşrif doirasida elçi Bruney taşqi siyosat idorasi vakillari - şahzoda Abdul Matiyn va ikkinçi taşqi işlar vaziri Erivan Yusof bilan ham uçraşgan.
Bruney tomoni Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholagan. Uçraşuvlar yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar, madaniyat, taʼlim va turizm yönalişlarida hamkorlikni rivojlantirişga kelişib olgan.
Karomiddin Gadoyevning qarorgohi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda joylaşgan. U 2023-yil noyabrdan buyon Özbekistonning Malayziyadagi elçisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Gadoyev Taşqi işlar vazirligi tizimidagi faoliyatini 1995-yilda boşlagan. Vazirlikning markaziy apparati, Özbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elçixonasida turli lavozimlarda işlagan. Elçilikka tayinlanişidan avval TIVning BMT va boşqa xalqaro siyosiy taşkilotlar bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği örinbosari bölgan.













