100 ming dollarlik iltimos. Tramp Gretsiyadagi elçisidan nega voz keçdi?
|19:45 / 14.10.202620 8239 min
AQŞning Afinadagi elçisi Kimberli Gilfoyl Oq uy talabi bilan isteʼfoga çiqdi. Bunga sabab bölgan Wall Street Journal'ning suriştiruvlarida elçi xonim pul, sovğa va xizmatlar evaziga Tramp maʼmuriyati rasmiylariga yöl oçib berişni taklif qilgani aytiladi. Bir paytlar Trampning öğliga unaştirilgan Gilfoyl esa ayblovlarni rad etmoqda.
Kimberli Gilfoyl va Donald Tramp - 2025-yil, mart / Foto: APKimberli Gilfoyl va Donald Tramp - 2025-yil, mart / Foto: AP
Kimberli Gilfoyl uzoq yillar AQŞ prezidenti Donald Tramp atrofidagi eng taniqli şaxslardan biri bölib kelgan. U San-Fransisko va Los-Anjelesda prokuror bölib işlagan, keyin Fox News telekanali boşlovçisi sifatida tanilgan. U bir paytlar hozirgi Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomga turmuşga çiqqan, keyinroq esa prezidentning tönğiç öğli kiçik Donald Trampga unaştirilgan.
57 yoşli Gilfoyl Trampning ikkinçi muddatida nomzodi körsatilgan ilk elçilardan biri edi. AQŞ Senati uni 2025-yil sentabrda tasdiqlagandi, u 1-noyabrda Afinaga kelgan. Yaʼni elçi lavozimda bir yil ham işlamadi. Endi esa u katta mojaro ortidan ketmoqda.
Hal qiluvçi lahza 13-oktabr kuni Oq uydagi brifingda yuz berdi.
Oq uyning yangi matbuot kotibi Keti Zakariya özining ilk brifingida bu mavzudagi savolga javoban şunday dedi: «Biz elçi Gilfoyldan isteʼfoga çiqişni söradik. U jamoa uçun juda qadrli xodim böldi, unga omad tilaymiz». New York Times’ning taʼkidlaşiça, Gilfoyl şu tariqa jonli efirda amalda işdan böşatildi.
Korrupsion mojarolar: Elçi nega böşatildi?
Gilfoylning qulaşi bir neça hafta avval boşlangan. Sentabr oyida Wall Street Journal elçining Bolqondagi energetika bitimlari bilan boğliq ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi haqida yozgandi. Oktabr boşida esa jarayon tezlaşdi va gazeta yangi materiallar çop etdi. Ulardagi asosiy daʼvolarni uç guruhga böliş mumkin, biroq heç biri hozirça rasman isbotlanmagan.
Birinçisi – yunon biznesi bilan yaqinlik. WSJ maʼlumotiga köra, elçi Aktor nomli quriliş va energetika kompaniyasining lobbisti Xristos Marafatsosni xorijiy rasmiylar bilan uçraşuvlarga olib kirgan. U Aktor iştirokidagi qöşma korxonaning Amerika suyultirilgan gazini sotib oliş böyiça 20 yillik bitimini Janubi-Şarqiy Yevropa davlatlarida faol tarğib qilgan.
Elçi yunon tadbirkorlarining xususiy samolyotlarida ham uçgan. Aktor advokati esa «elçi doimo AQŞ manfaatlarini ilgari surib kelgan», degan.
Mavzuga oid
Ikkinçisi – 100 ming dollar talabi. Respublikaçi homiy Erik Detersning WSJ gazetasiga aytişiça, Gilfoyl 2025-yil iyulida, Senatdagi tasdiqlaş tinglovi arafasida, undan American Express kartasidagi 100 ming dollarlik qarzni tölaşni söragan.
Фото: WSJ материалидаги элчининг ёзишмаси
Buning evaziga u Detersga «Tramp dunyosida yo birga yuradigan, yo birga öladigan» hamroh bölişni vaʼda qilgan. «Asalim, iltimos, bugun buni men uçun hal qilib berişing kerak»,deya yozişmalardan birini keltirmoqda NYT. Deters esa söralgan pulni tölamagan, Gilfoyl advokati bu yozişmalar haqiqiyligiga şubha bildirmoqda.
Uçinçisi – Davosdagi janjal. WSJ maʼlumotiga köra, Gilfoyl 2026-yil yanvarida Davosda prezidentning yana bir öğli Erik Tramp şarafiga berilgan ziyofatga kirişga uringan. Audioyozuvda u bir amerikalik tadbirkorga «Senga butun dunyoni yetkazib bera olaman», deydi.
Гилфойл ва Рубио / Фото: AP
Ayblovlar Vaşingtonda ham jiddiy qabul qilindi. Associated Press agentligi avvalroq yuqori martabali amaldorga tayanib, prezident Tramp va Davlat kotibi Marko Rubio elçi haqidagi xabarlardan ğazablanganini yozdi. 12-oktabrda Trampning özi «Körib çiqyapmiz, mamnun emasmiz», dedi. 13-oktabrda esa Oq uy isteʼfoni rasman söradi.
Şuningdek, agentlik Davlat departamenti boş inspektori ayblovlarni örganayotganini yozdi. Biroq rasmiy tergov boşlangani hali nomaʼlum.
Tramp va Gilfoylning özi nima deydi?
Trampning ohangi bir neça kun içida keskin özgardi: 9-oktabrda u ayblovlar haqida endigina eşitganini aytib, «Afsus», degandi. Reuters xabariga köra, 13-oktabrda esa jurnalistlarga «U yaxşi işlayotgandi, lekin öqiganlarimiz bizga yoqmadi», dedi.
NYT yozişiça, prezident Gilfoyl bilan yaqinligini ham ahamiyatsiz qilib körsatdi. «U mening oilam aʼzosi emasdi. Menimça, u ança oldin öğlim bilan uçraşib yurgan», dedi Tramp.
Gilfoyl esa ayblovlarni keskin rad etmoqda. U ijtimoiy tarmoqdagi postida «Bu ayblovlar yolğon. Men nomim, obröyim va halolligimni qatʼiyat bilan himoya qilaman», deb yozdi. U Tramp va Rubioga minnatdorligi va hurmati «özgarmas» ekanini ham taʼkidladi.
Uning advokatlari esa homiydan söralgan pul nomzodligidan oldingi çiqişlari uçun haq bölganini va u tölanmaganini aytgan.
Gretsiya hukumatining sukunati
Afina rasmiylari elçi atrofidagi muhokamani çeklaşga urinayotgandek körinadi. Xususan, Gretsiya taşqi işlar vazirligi NYT'ga isteʼfo haqida izoh berişdan boş tortgan. Isteʼfodan keyin esa Boş vazir örinbosari Kostis Xadzidakis buni AQŞga tegişli masala deb atadi va ikki davlat munosabatlariga taʼsir qilmasligini aytdi.
Afina hukumati asosan elçi bilan bölgani aytilgan bir suhbat yuzasidan munosabat bildirgandi. WSJ maʼlumotiga köra, 2026-yil mart oyida Afinadagi ziyofatda Gilfoyl Gretsiya energetika vaziri Stavros Papastavru bilan Ruminiya hukumatining qulaşi haqida bahslaşgan. Şunda u AQŞni nazarda tutib, «Buni bu yerda ham qila olamiz», degan.
АҚШнинг Афинадаги элчихонаси / Reuters
Elçining advokati ham, vazir ham bu talqinni rad etgan. Hukumat matbuot kotibi Pavlos Marinakis «Gretsiya hukumatiga tahdid qilinişi haqida heç qaçon gap bölmagani»ni aytgandi.
Gretsiya muxolifati ança keskin gapirmoqda. Markaz-çap PASOK partiyasi vakili Dimitris Mansos elçini lavozimdan oliş qarori xabarlarga «bilvosita işonç bağişlaşi»ni bildirdi. Boşqalar rasmiy Afinani ayblovlarga javob bermaganlikda aybladi.
Elçining Tramp oilasi bilan aloqalari
Gilfoyl uzoq yillar Tramp oilasining eng yaqin doirasida bölgan. U 2018-yilda kiçik Donald Tramp bilan uçraşa boşlagan, juftlik 2020-yilda unaştirilgan. CNN maʼlumotiga köra, 2020-yilgi saylovda Gilfoyl Tramp kampaniyasining moliya böyiça raisi bölgan.
Кичик Трамп ва Гилфойл / Фото: AFP
Elçilikka tayinlaniş ham şu munosabatlar bilan boğliq körinadi. 2024-yil dekabrida saylangan prezident Gilfoylni Gretsiyadagi elçilikka nomzod qilib tanlaganini eʼlon qilgan. Tramp öşanda «Köp yillar davomida Kimberli yaqin döst va ittifoqçi bölib kelgan», deb yozgandi.
NYT yozişiça, nomzodlik eʼlon qilingan vaqt Tramp uni öğli uçun noqulay paytda mamlakatdan uzoqlaştirmoqçi bölganiga işora qilardi: bundan bir kun oldin kiçik Tramp boşqa ayol restorandan çiqayotgani rasmlari tarqaladi. Gilfoyl tarafdorlari esa buni rad etgan.
Элчи пул сўраган тадбиркор - Эрик Детерс
Elçi 100 ming dollar söragan respublikaçilar homiysi Deters ham Tramp oilasi bilan boğliq. The Hill'ning yozişiça, u öz festivalida çiqiş uçun bir neça yil davomida Gilfoylga 300 ming, kiçik Trampga 200 ming, Erik Trampga 100 ming dollar tölaganini aytgan.
Afinadagi şov-şuvli elçilik
Gilfoyl Afinada birinçi kundanoq diqqat markaziga aylandi. Reuters'ning yozişiça, u Vogue jurnalining Gretsiya naşri muqovasiga çiqqan va yunon maşhurlari bilan tungi ziyofatlarda qatnaşgan.
Şu bilan birga, elçi AQŞ manfaatlarini faol ilgari surgani aytiladi: u Amerika suyultirilgan gazini import qiliş va ExxonMobil iştirokidagi burğilaş bitimlarini imzolaşda iştirok etgan.
Uning Afinadagi bayonotlari diplomatik tölqinlarni ham keltirib çiqargan. Masalan, u mahalliy OAVga bergan ilk intervyusida Xitoyni Pirey portidagi 67 foizlik uluşini sotişga çaqirgan. Bu port Pekinning «Bir makon, bir yöl» taşabbusidagi muhim böğinlardan biri hisoblanadi. Xitoyning Gretsiyadagi elçisi esa bunga javoban AQŞni «gegemonlik tafakkuri»da ayblagan.
Mojaro Gretsiyaning AQŞ uçun ahamiyati fonida yanada sezilarli. Reuters taʼkidlaşiça, Gretsiya NATOdagi muhim ittifoqçi sifatida AQŞga Şarqiy Örta yer dengizida asosiy harbiy obyektlarni taqdim etadi. U Qizil dengizda tijorat kemalarini qöriqlovçi Yevropa Ittifoqi missiyasiga ham rahbarlik qiladi.