Mattias Follert Germaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlandi.

Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elçining işonç yorliqlari nusxasini qabul qildi.

Uçraşuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Şuningdek, oliy darajada erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Germaniyani Yevropadagi işonçli va vaqt sinovidan ötgan hamkorlardan biri sifatida yuksak qadrlaydi. Sönggi yillarda oliy darajadagi taşriflar hamda muntazam siyosiy muloqotlar natijasida Özbekiston–Germaniya munosabatlari izçil rivojlanib bormoqda.

Mattias Follert bu lavozimda Manfred Xuterer örnini egalladi. U ilgari Germaniya Taşqi işlar vazirligida Janubiy Kavkaz, Markaziy Osiyo va Şarqiy şeriklik böyiça bölinmani boşqargan.