BMTning Ukrainadagi inson huquqlari böyiça monitoring missiyasi Donbassdagi mojarolar davomida inson huquqlari, halok bölganlar va jarohat olganlar borasidagi yangi hisobotni taqdim etdi. Bu haqda BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasida xabar qilingan.

«Halok bölganlarning umumiy soni 2014 yilning aprel oyi örtalaridan 2016 yil 1 dekabriga qadar 9758 kişini, jarohat olganlar esa 22 779 nafar insonni taşkil etadi», - deyiladi hisobotda.

Ta'kidlanişiça, bu ma'lumotlar öz içiga Ukraina QK, oddiy fuqarolar va “qurollangan guruhlar a'zolari”ni qamrab olgan.

Nizo davomida 2 mingdan ortiq tinç aholi vakillari, şuningdek MH17 layneri bortida bölgan 298 kişi halok bölgan.

Missiya joriy yilning 16 avgustidan 15 noyabriga qadar harbiy harakatlar natijasida 32 fuqaroning halok bölgani va 132 kişining jarohat olganini qayd etdi.