Qirğiziston prezidenti Konstitutsiyaga özgarişlar kiritişga doir referendum demokratiya va mamlakat mustaqilligini mustahkamlaş sari qöyilgan katta qadam bölişiga umid qilmoqda. Almazbek Atambayevning yakşanba kuni saylov uçastkasida bergan bayonotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Mamlakatda bugungi kundagi ijobiy özgarişlar saqlanib qolişi uçun xalq uşbu referendumni qöllab-quvvatlaydi, deb orzu qilaman va şunga umid bildiraman", - dedi Atambayev.
Uning fikriça, Konstitutsiyadagi eng muhim özgariş - mamlakat mustaqilligini mustahkamlaş. Şuni ta'kidlaş joizki, Asosiy qonundagi özgarişlar tört blokdagi muammolar yeçimini topişga qaratilgan: hukumat tarmoqlari orasidagi özaro hamkorlik tamoyillarini aniqlaştiriş, huquqni muhofaza qiliş va sud tizimi islohotlari, qirğiz jamiyatida yuksak qadriyatlar tizimini şakllantiriş va davlat tili (qirğiz tili) hamda rasmiy tildagi (rus tili) matnlar örtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etiş.
Özgarişlar Konstitutsiyaning jami 30 moddasiga tegişli böladi. Xususan, Asosiy qonundan respublikani inson huquqlari böyiça xalqaro organlarning qarorlarini bajarişga undovçi norma olib taşlanadi.
Bundan avval bugun, 11 dekabrda Qirğizistonda joriy Konstitutsiyaga özgarişlar kiritiş böyiça umuxalq referendum bölib ötayotgani haqida xabar bergan edik. Referendum bilan bir paytda respublikada mahalliy kengaş saylovlari ham ötkazilmoqda.
Röyxatdan ötgan fuqarolarning 30 foizdan ortiği ovoz beriş jarayonida iştirok etsa, referendum bölib ötgan deb hisoblanadi.












