Haaga YeIning Ukraina bilan assotsiatsiya haqidagi Bitimi Kiyevga yangi harbiy va moliyaviy yordam bermaslikni közda tutişi kerakligini talab qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Haaga tomonidan YeIning Ukraina böyiça sammiti 15-16 dekabr kuni bölib ötadi hamda u Niderlaniyaga assotsiatsiya haqidagi bitimni ratifikatsiya qiliş imkonini beradi.
"Gollandiya boş vaziri Mark Ryutte Ukraina bilan yanada mustahkam aloqalar haqidagi hamjamiyat yangi kelişuvi öz içiga yangi moliyaviy yoki xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarni olmasligini istamoqda. U YeI yetakçilari bu haqda ma'lum qilişlaridan umidvor", - ta'kidlab ötgan agentlik.
Niderlandiyada YeI va Ukraina örtasidagi assotsiatsiya haqidagi Bitimni ratifikatsiya qiliş böyiça referendumda ovoz beruvçilarning 60 foizi hujjatni tasdiqlaşga qarşi çiqişgan. Referendum tavsiyaviy xarakterda bölsa ham, endilikda golland hukumati Bitim talablarini özgartiriş harakatida yuribdi. Hujjat referendum natijalarini hisobga olgan holda ratifikatsiya qilinişi ham mumkin. Haaga YeIning 15-16 dekabr kunlaridagi sammitiga qadar öz takliflarini bildirişi lozim.
Ma'lumot uçun, ayni damda Bitim YeI 28 davlatining 27 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Avvalroq, Yevropa kengaşi rahbari Donald Tusk kelişuv matni qayta körib çiqilmasligini ma'lum qilgandi.












