Amerikalik aktrisa Anjyelina Joli suddan turmuş örtoği aktyor Bred Pittni bir oyda tört marotaba giyohvand moddalar va alkogolga tekşirişga majbur qilib qöyişni talab qildi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Sentyabr boşida ajrim uçun ariza bergan aktrisa şu yöl bilan bolalari xavfsizligini ta'minlaş niyatida. Ular otalari bilan dam oliş kunlari körişişadi.

Avvalroq, Joli va Pitt farzandlari ajrimdan söng kim bilan qolişi borasida kelişib olganliklari ma'lum bölgandi. Kelişuvga köra, ular ona qaramoğida böladi, aktyor esa “terapevtik taşrif”larni amala oşiradi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, ajraşiş jarayoniga xususiy samolyotda yuz bergan mojaro sabab bölgan. Öşanda Pitt öğillaridan birini urgan. Los-Anjyeles okrugining oila va bolalar işi böyiça departamenti tomonidan olib borilgan tergov esa zöravonlik işlatilmaganini körsatdi.