2016 yil boşidan buyon dunyoning 31 mamlakatida 144 nafar jurnalist hayotdan köz yumgan. Sönggi ön yil mobaynida OAV xodimlari orasida bunçalik köp qurbon berilmagan edi, deyiladi Press Emblem Campaign taşkilotining Jyenevada e'lon qilgan hisobotida.
Turli mojarolar bölayotgan hududlarda jurnalistlar xavfsizligini ta'minlaş borasida jahon hamjamiyatidan amaliy çoralar körişni sörayotgan PEC nohukumat taşkilotining aniqlik kiritişiça, halok bölgan jurnalistlarning 20 nafari braziliyaliklar bölib, ular 29 noyabrda Kolumbiyada yuz bergan aviahalokat qurboni bölişgan.
Umuman, OAV uçun eng xavfli hududlar röyxatiga Iroq yetakçilik qilmoqda. Bu yerda joriy yilning ötgan davri mobaynida 16 nafar matbuot xodimi halok bölgan. Birinçi beşlikka - Suriya (14), Afğoniston (12), Meksika (12) va Yaman (9) kiritilgan. PEC ma'lumotlariga köra, Rossiya uç nafar, Ukrainada ikki nafar jurnalist öz xizmat vazifasini ötayotgan vaqtda halok bölgan.
Ta'kidlanişiça, 2016 yilda jurnalistlik faoliyatini olib boriş uçun eng xavfli mintaqalar sifatida Yaqin şarq va Şimoliy Afrika qayd etilgan. Bu hududda jami 44 jurnalist hayoti bilan vidolaşgan. 2012 yildan buyon Suriya uruşi 100 nafar jurnalist umriga zomin bölgan, Iroqda sönggi beş yilda 55 nafar, Pokistonda - 50, Meksikada - 46, Somalida 41 jurnalist hayotdan köz yumgan.
2004 yilda taşkil etilgan Press Emblem Campaign BMT huzurida tavsiya maqomiga ega. U davriy ravişda öz hisobotlarini Jyenevada e'lon qilib turadi.












