Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida ötkazilgan “Özbekistonda mediaisteʼmol böyiça milliy tadqiqot” hisobotini eʼlon qildi.
Tadqiqot “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan 2026-yilning 8–19-sentabr kunlari ötkazilgan sörov natijalariga asoslangan. Sörovda Özbekistonning barça 14 ta hududidan 18 yoş va undan katta 1411 nafar respondent iştirok etgan.
Tadqiqot doirasida, jumladan, onlayn matbuot öquvçilari qaysi yangiliklar saytlarini köproq öqişi örganilgan. Unda Kun.uz sayti 74,7 foiz körsatkiç bilan birinçi örinni egalladi. Keyingi örinlarda Daryo.uz (43,5 foiz), Qalampir.uz (36,8 foiz) va Gazeta.uz (20,4 foiz) qayd etilgan.


Tadqiqot natijalari Kun.uz auditoriyasi turli ijtimoiy-demografik guruhlarni qamrab olişini ham körsatdi. Xususan, sörovnomada qatnaşgan yangiliklar sayti öquvçilari orasida erkaklarning 82,7 foizi, ayollarning esa 66,9 foizi Kun.uzʼni tanlagan. Bu har ikki guruhdagi eng yuqori körsatkiçdir.
Yoş toifalari böyiça bu quyidagiça şakllangan:
18–24 yoşdagilar - 76,1 foiz;
25–34 yoşdagilar - 78,1 foiz;
35–44 yoşdagilar - 75,8 foiz;
45–54 yoşdagilar - 69,6 foiz;
55 yoş va undan kattalar - 70 foiz.
Hududiy natijalar ham Kun.uz mamlakatning barça mintaqalarida eng ommabop onlayn-naşr ekanini körsatdi. Naşr öquvçilarining uluşi Xorazm viloyatida 90,5 foiz, Qoraqalpoğiston Respublikasida 88,2 foiz, Surxondaryo viloyatida 84,6 foiz, Sirdaryo viloyatida 84 foiz hamda Namangan viloyatida 82,4 foizni taşkil etgan. Toşkent şahrida bu körsatkiç - 66,7 foiz.

Kun.uz şahar va qişloq aholisi örtasida ham yetakçi. Xususan, şaharlardagi onlayn matbuot öquvçilarining 73,5 foizi, qişloqlardagi öquvçilarning esa 75,9 foizi köp öqiydigan platformalari qatorida Kun.uz’ni körsatgan.












