Rossiya Tergov qömitasining Kabardino-Balkariya böyiça boşqarmasi ma’lumotiga köra, Elbrus çöqqisiga ikki guruh - yetti nafar xorijlik va ikki nafar rossiyalik alpinist kötarilgan.

Mintaqa Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Elbrus 07» Telegram-kanali ma’lumotlariga tayanib, birinçi guruhdagi Bosniya va Hersegovinaning beş nafar fuqarosi, ikkinçi guruhda esa yana bir kişi halok bölganini ma’lum qilgan.

Yetti kişidan faqat ikki nafari omon qoldi

25 iyul kuni keçqurun ob-havo keskin yomonlaşişi oqibatida yetti nafar bosniyalikdan iborat guruh belgilangan yönalişdan adaşib qolgan.

Alpinistlardan biri pastga tuşişga muvaffaq bölib, 5100 metr balandlikda guruhning ikki a’zosi özini yomon his qilgani va keyinçalik vafot etgani haqida xabar bergan.

Qutqaruv işlari davomida mutaxassislar guruhning yana bir tirik qolgan a’zosini topgan. Şuningdek, yana uç nafar alpinistning jasadi aniqlangan. Şu tariqa yetti kişilik guruhdan ikki kişi omon qolgan, beş kişi halok bölgan.

Şamol tezligi soatiga 70 kilometrga yetgan

Baza Telegram-kanali ma’lumotlariga köra, bosniyalik alpinistlar guruhi rasman röyxatdan ötgan va uning a’zolari toğlarga çiqiş tajribasiga ega bölgan.

Biroq Elbrusda ob-havo juda tez yomonlaşgan. Şamol tezligi soatiga taxminan 70 kilometrgaça kuçaygan va qor böroni boşlangan. Xabarda aynan oğir ob-havo şaroiti fojianing asosiy sababi sifatida körsatilmoqda.

Bosniya va Hersegovina OAV ma’lumotlariga köra, ekspeditsiyaning yetti nafar a’zosi mamlakat markazidagi Zenitsa şahrida yaşagan. Ular orasida er-xotin va şifokor ayol ham bölgan.

Rossiya davlat axborot agentliklari ma’lumotlariga köra, yomon ob-havo tufayli kamida uç nafar halok bölgan alpinistning jasadini hozirça toğdan olib tuşiş imkoni bölmagan.

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qömitasining mintaqaviy boşqarmasi ikki yoki undan ortiq şaxsning ehtiyotsizlik oqibatida ölimiga sabab böliş moddasi böyiça jinoyat işi qözğatgan.

Ikkinçi guruhda ham bir kişi halok böldi

26 iyul kuni Elbrusga kötarilgan yana ikki nafar alpinist 5300 metr balandlikda yordam söragan.