AQŞda politsiyaçi tomonidan otib öldirilgan BAAlik talaba voqea paytida qurollanmagan bölgan. Bu holat uni Ohayo ştatida qölga oliş paytida yuz bergandi, deb xabar qiladi Reyter agentligi ştat boş prokurori vakiliga tayangan holda.
Voqea dekabr boşida röy bergandi. Politsiyaga yöllardan biridagi qonun buziliş holati haqida xabar kelib tuşgan. Ma'lumotlarga köra, xavfli harakatlarni amalga oşirgan avtomobil ağdarilib ketgan, haydovçi esa örmonda berkinişga urinib körgan. Huquqni muhofaza qiliş organi xodimlari bilan mojaroga kirgan Klivlend universitetining 26 yoşli talabasi Saif Nasser Muborak Alameri otib öldirildi. Voqeada iştirok etgan politsiyaçilardan biri jarohat olgan va hozir ma'muriy ta'tilda. Voqea sabablari tekşiruvdan ötkazilmoqda.
Ştat boş prokurori vakili Jill Del Greko hodisa haqidagi savolga javob berarkan - "qurol bölmagan", deya aytib ötdi.
BAA TIV voqeani "oğriqli" deb atadi va öz fuqarosining ölimiga nima sabab bölganini aniqlaşini ma'lum qildi.












