Rossiya va Turkiya hukumatlari Halab şarqidagi tinç aholi vakillari va qurollangan muxolifatni köçiriş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda The Guardian naşri yuqori lavozimli turk mulozimiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, uşbu kelişuv sababli, şarqiy Halab tumanlarida istiqomat qilayotganlarning tirik qoliş imkoniyati paydo böladi.
Naşr ma'lumotlariga köra, Turkiya razvedkasi va Rossiya harbiylari örtasidagi kelişuv Halab hududida öt oçişni töxtatişni nazarda tutgan. U mahalliy vaqt bilan keçki 18:00dan e'tiboran kuçga kirgan.
Turk mulozimining aytişiça, Anqara a Moskva kelişuvga rioya etilişiga kafil bölişadi. Buning natijasida tinç aholi vakillari va muxolifat a'zolari Idlib viloyatiga ketişlari mumkin böladi.
«Ular Idlibga yetib olişgaç, bemalol köçişlari mumkin böladi», — deya qöşimça qilgan manba.
Bunda, qamaldagi Halabning mahalliy aholisi Suriya hukumat kuçlari va uning Rossiya va Eron qiyofasidagi ittifoqçilarining hatti-harakatlari sabab halok bölişdan xavotirlanayotganlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar qoldirişgan.
Avvalroq, AQŞ davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbining aytişiça, ular Turkiya va Rossiya tomonidan işlab çiqilgan sulh haqidagi xabarlarni körişgan. Şunga qaramay, davlat departamenti bu ma'lumotni tasdiqlaş uçun yetarli axborotga ega emas.












