Italiyaning yangi boş vaziri Paolo Jyentiloni Italiyada joriy yil avgust va oktabr oylarida yuz bergan vayronakor zilzilalardan jabr çekkan hududlarni tiklaşni Italiya yangi hukumatining ustuvor vazifasi deb atadi.
"Men hukumatning ustuvor vazifalarini körsatişim kerak. Birinçi ustuvor vazifa, şubhasiz, zilziladan aziyat çekkan hududlarni tiklaş hisoblanadi", deb aytgan Jyentiloni milliy parlament deputatlar palatasidagi nutqida.
Uning ta'kidlaşiça, mamlakat janubi va iqtisodiy ösiş uçun köproq iş qiliş zarur.
Italiya boş vaziri xalqaro siyosat mavzusiga töxtalib, hamişa "boş hamkorlar" bölib kelgan Rim va AQŞning hamkorlik qiliş istagini tasdiqladi.
Jyentiloni uning hukumati qança vaqt işlay olişi haqida gapirib, u mamlakat parlamenti tomonidan qöllab-quvvatlangungaça işlaşini ta'kidlab ötdi.
Jyentiloni yangi hukumatni 12 dekabrda şakllantirdi. Şu kuni boş vazir va 18 vazir Kvirinal saroyida mamlakat prezidenti Serjo Mattarella yonida Italiyaga sodiqlikka qasamyod keltirişgan.
Italiya qonunçiligiga köra, yangi hukumatga milliy parlamentning ikkala palatasida ham işonç bildirilişi kerak. Işonç bildiriş böyiça dastlabki ovoz beriş 13 dekabr keçki vaqt deputatlar palatasida bölib ötadi.












