Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoni turkmanboşi degan unvon olgan, Turkmanistonning marhum yetakçisi Safarmurot Niyozovga qiyosladi. Saakaşvili şu tariqa Ukraina OAVdagi senzuraga izoh berdi. Bu haqda "Vesti" naşri xabar bermoqda. 

Saakaşvili oxirgi vaqtda uni efirga taklif qilişmayotganidan noligan. "Bunday vaziyat muqobil reallikni yaratgan, turkmanboşi bölgan Turkmanistonda yuz beradi. "Agar sen televizorda çiqmasang – demak, sen yöqsan". Biroq keçirasiz, bizda Poroşenkomi yoki turkmanboşimi? Bizda maydandan keyingi Ukrainami yoki Turkmanistonmi?", deb aççiqlanib gapirgan siyosatçi.

Uning aytişiça, Ukraina telekanallari "bir kun içida unga qiziqmay qöyişgan".

7 noyabrda Saakaşvili gubernator lavozimidan ketişini e'lon qilgan. Ukraina prezidenti nafaqat uning iste'fosini qabul qilgan, balki maslahatçisi lavozimidan böşatib yuborgan. Saakaşvili iste'foga ketgaç, siyosiy faoliyatini davom ettirişini va "Yangi kuçlar harakati" partiyasini yaratişini e'lon qilgan.

Safarmurot Niyozov vafotigaça, 1991 yildan 2006 yilgaça Turkmaniston prezidenti bölgan, uning boşqaruvi tanqidçilar tomonidan fuqarolik erkinliklari va söz erkinligi çeklangan diktatura deb baholangan.