Janubiy Koreya sohil qöriqlaş xizmati KXDRdan bölgan sakkiz nafar baliqçini qutqarib oldi. Ularning barçasi öz yurtiga qaytib ketişni xohlaşmoqda.

Renxap agentligining xabar berişiça, baliqçilar janubiy koreya suvlarida harakatlanib yurgan uçta qayiqda joylaştirilgan.

Ta'kidlanişiça, mamlakat hukumati Şimoliy Koreya bilan baliqçilarni topşiriş böyiça muloqotga kirişmoqçi böldi, biroq hozirça heç qanday javob olişmagan.

"Biz KXDRga kun davomida yana bir bora xabar jönatamiz. Ob-havo şaroitlarini hisobga olgan holda ularni vatanlariga duşanba kuni qaytarişni rejalaştirmoqdamiz", - deya aytib ötgan agentlik manbasi.