Yaponiya va Rossiya Federatsiyasi prezident Vladimir Putinning taşrifi davomida deyarli 60 ta kelişuvga imzo çekadi. Ularga köra, yapon tomonidan investitsiyalar hajmi 300 milliard iyen (2,54 milliard dollar)ni taşkil qiladi. Bu haqda NHK telekanali hukumatdagi manbalarga asosan xabar bergan.
Uning ma'lumotlariga köra, imzo qöyişga tayyorlab qöyilgan hujjatlarda yapon investitsiyalarini Sibir şarqiy qismidagi kömir konlariga jalb etiş, şuningdek, Arktikadagi suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqişga kredit ajratiş nazarda tutilgan. Bundan taşqari, 10 dan ortiq hukumatlararo bitim imzolanişi kutilmoqda.
Moskva va Tokio örtasidagi iqtisodiy hamkorlik Sindzo Abe tomonidan Putinga Soçi şahrida 6 may kuni taklif etilgan sakkiz banddan iborat reja asosida rivojlanmoqda. U öz içiga ikki mamlakatning energetika, kiçik va örta biznes, Uzoq Şarqni sanoatlaştiriş, eksport bazasini kengaytiriş kabi masalalarni qamrab olgan.
Tokio Abe tomonidan taklif etilgan iqtisodiy hamkorlik rejasini amalga oşiriş tinçlik bitimi borasidagi muzokaralar jarayonini yengillaştirişiga umid qilmoqda.












