Hindistonning markaziy qismidagi Aurangobod şahridan bölgan tadbirkor öz qizining töyi munosabati bilan noodatiy sovğa taqdim etdi. The Hindu gazetasining yozişiça, Ajay Manot gazlama sanoatidagi yirik işbilarmonlardan bölib, öz yerlarining ikki akrida boşpanasi bölmagan kişilarga 90 ta uy qurib bergan. U bunga 120 ming AQŞ dollarini sarfladi. 

Har bir uy 25 kvadrat metrga teng bölib, ikki deraza va eşiklardan iborat. Uni olmoqçi bölgan nomzod uç talabga javob berişi kerak: haqiqatdan ham uysiz bölişi, xarobalarda yaşaşi va zararli odatlarga ega bölmasligi (içmasligi, çekmasligi va giyohvand moddalar iste'mol qilmasligi) şart.

Tadbirkorning qizi turmuşga çiqqaç, uylarning kaliti tanlab olingan boşpanasiz kişilarga taqdim etildi. 

"Bu bizning tariximizdagi yangi bir qismdir, - deya izoh berdi Ajayning özi. – Umid qilamanki, mening ğoyamni Hindistonning boşqa badavlat kişilari ham qöllab-quvvatlaydi. Farzandlarimiz töyiga sarflagan köplab pullarni boşqa ezgu maqsadlarga ham yönaltiriliş mumkinligini körsatib berdim".