Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdöğan Ostonada (Qozoğiston) Suriya muxolifat vakillari va Asad rejimi örtasida tinçlik muzokaralarini ötkazişga kelişib olişdi. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi.
Yaponiyaga taşrifi davomida ötkazilgan matbuot konferensiyasida sözga çiqqan Vladimir Putin Ostonadagi muzokaralar BMTning Jyenevadagi muzokaralariga qöşimça sifatida ötkazilişini ma'lum qildi.
U hozirgi vaqtda Anqara Halabdan çiqişda vositaçilik qilişga yordam berayotganini ta'kidladi.
Şuningdek RF rahbari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning u bilan birga Suriyada tinçlik qaror topişi yölida köp işlar qilayotganini qöşimça qildi.
Eslatib ötamiz, seşanba kuni Turkiyaning sa'y-harakatlari bilan Halab şarqidan tinç aholi va muxolifat jangçilarini evakuatsiya qilişga erişildi.











