Google, Apple va Uber kompaniyalari AQŞning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp yaratilişi mumkinligini aytgan, musulmonlar qayd qilinuvçi röyxatning yaratilişida iştirok etmaydilar. Bu haqda Buzzfeed News ma'lum qildi.
Google vakili naşr bilan suhbatda ularga heç kim bunday röyxatni yaratişda iştirok etişni taklif qilmagani, biroq agar şunday taklif bildirilsa ham, kompaniya öylab ötirmasdan buni rad etişini aytgan. Apple vakili ham şunga öxşaş javob bergan, biroq kompaniya özining barça foydalanuvçilariga birdek munosabatda ekanligini qöşimça qilgan. Uber’da ham bunday xizmatni yaratişda iştirok etmasliklari aytildi.
Naşr, şuningdek, bu borada Amazon va Oracle kompaniyalari fikrini biliş uçun bu kompaniyalarga sörov yuborgan, biroq ulardan javob olinmagan.
Donald Tramp AQŞda yaşovçi barça musulmonlar qayd qilinadigan röyxatning yaratilişi mumkinligini aytgan. Uning aytişiça, bu röyxat AQŞdagi terrorçilik faolligini nazorat qilişga yordam beradi.
2016 yil 13 dekabrda AQŞning yirik texnologik kompaniyalaridagi 1,5 ming kişi musulmonlar qayd qilinadigan röyxatning yaratilişida heç qaçon iştirok etmasliklarini aytişgan. Google, Apple, Amazon, Uber va Oracle kompaniyalari xodimlari ham bunga öz noroziliklarini bildirganlar.












