Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqotda Rossiya va Turkiya prezidenti Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan bilan Ostonada Suriyada ixtilofda bölgan tomonlarning muzokaralarini ötkaziş ehtimolini muhokama qildi va bu taşabbusni qöllab-quvvatladi, deb ma'lum qilindi Qozoğiston rahbari saytida.
Avvalroq Putin Erdöğan bilan Suriyadagi qarama-qarşi tomonlarga Ostonada, yangi maydonda tinçlik muzokaralari jarayonini davom ettirişni taklif qilişga kelişib olgandi. Putinning aytişiça, yangi maydon Jyeneva muzokaralarini töldirişi mumkin.
Nazarboyev Qozoğiston avvalboşdan Suriya ixtilofini tinçlik bilan hal qilişga qaratilgan xalqaro sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaganini ta'kidlab ötdi.
Nazarboyev va Putin, şuningdek, Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişi va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti sammitini ötkazişga tayyorgarlik köriş masalalarini ham muhokama qilişdi.












