AQŞning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Gollivudning maşhur aktyori Silvestr Stalloneni öz jamoasiga taklif qilmoqçi. Bu haqda The Daily Mail naşri xabar bermoqda. Tramp aktyorni AQŞning san'atni qöllab-quvvatlaş milliy jamğarmasi rahbari lavozimiga tayinlamoqçi.
Tramp hozirça aktyorga rasmiy taklif bildirmagan, biroq naşrning fikriça, Stallone bunga ijobiy munosabat bildiradi.
Tramp ştabidagi manbalar Fox News telekompaniyasiga Stallone borasida rasmiy qaror qabul qilinmaganini aytganlar. Biroq Tramp Stallone haqida "juda yaxşi fikrda" va ular ançadan beri döst tutinganlar.
San'atni qöllab-quvvatlaş milliy jamğarmasi AQŞda 1965 yilda san'at sohasidagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş va moliyalaştiriş maqsadida taşkil etilgan.












