Rossiyaning Irkutsk viloyatida tarkibida metanol bölgan texnik suyuqlik iste'mol qilinişi oqibatida ommaviy zaharlanişdan 57 kişi jabrlangan.
Irkutsk prokuraturasi zaharlaniş tufayli 41 kişining jon berganini tasdiqladi. Huquq-tartibot idorasi bergan ma'lumotga köra, qurbonlarning barçasi «Boyarişnik» parfyumeriya damlamasini iste'mol qilgan.
Hozirda viloyat kasalxonalarida qolayotgan kişilarning barçasi öta oğir holatda bölib, ayrimlari komaga tuşgan. Halok bölgan va kasalxonalarga yotqizilganlar orasida yoşi 35 dan 50 gaça bölgan erkaklar va ayollar bor.
Hodisa yuzasidan jinoiy iş oçilgan.
19 dekabr kuni Irkutskda «Boyarişnik» damlamasi sotilişi taqiqlandi.
Şahar meri Dmitriy Berdnikov favqulodda holat rejimini joriy etgan.











