Irkutskda nima sodir böldi?
Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Şelexov şahrida yaşagan, Irkutskdagi ölatga qarşi ilmiy-tadqiqot instituti xodimasi, 28 yoşli Darya Şipilova 29-sentabrda oğir pnevmoniya bilan şifoxonaga yotqizilgan va 1–2-oktabr oraliğida vafot etgan. Uning laboratoriyada ölat qözğatuvçisi bilan işlaş vaqtida probirkani sindirib olgani haqidagi versiya ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Biroq bu maʼlumot rasman tasdiqlanmagan.
Marhuma bilan aloqada bölgan fuqarolarning karantinga olingani haqidagi xabarlar ham Irkutskda ölat tarqalayotgani töğrisidagi xavotirlarni kuçaytirdi. Bu xabarlar Özbekistonda ham muhokamalarga sabab böldi.
Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi örinbosari Botir Qurbonov vaziyatga izoh berib, tegişli ehtiyot çoralari kuçaytirilganini maʼlum qildi.
“Ölat kasalligi öta xavfli yuqumli kasallik bölib, turli yöllar bilan yuqişi mumkin. Hozir eʼtiborimizdagi holat – öpka şakli. Bu odamdan odamga yuqişi mumkin. Yaʼni odam nafas çiqarganda havo orqali kasallik yuqişi mumkin”, – dedi u.
Qurbonovning aytişiça, Irkutskda vafot etgan bemor davolangan statsionar şifoxona karantinga olingan, u yerda marhuma bilan aloqada bölgan 200 nafarga yaqin şaxs kuzatuvda bölgan. Özbekiston sanitariya-epidemiologiya xizmati ham vaziyatga oid xabarlarni kuzatib bormoqda.
“Hozir biz ular bilan boğliq xabarlarni kuzatib boryapmiz. Birortasida isitma, pnevmoniyaga öxşaş yötal yoki nafas yöllari bilan boğliq turli şikoyatlar böyiça murojaatlar bölmagan”, – dedi Qurbonov.
Ölat taşxisi tasdiqlanmagan
Rospotrebnadzor maʼlumotiga köra, marhumaning biologik namunalarida uning kasbiy faoliyati bilan boğliq mikroorganizmlar aniqlanmagan. Unga nomaʼlum etiologiyali pnevmoniya taşxisi qöyilgan.
Şu tariqa, ölat yuqqani yoki laboratoriyada avariya sodir bölgani haqidagi versiyalar rasman tasdiqlanmagan. Hodisa yuzasidan Rossiyaning tegişli idoralari tekşiruv olib borayotgani xabar qilingan.
















