«Lyudi Baykala» naşri 4-oktabr kuni Irkutskdagi bir neça kasalxonada uç haftalik karantin joriy etilgani haqida xabar berdi. Jurnalistlar maʼlumotiga köra, şahardagi 1-, 3-, 10-sonli klinik şifoxonalar hamda Ivano-Matreninskaya bolalar şifoxonasi yopilgan. Şuningdek, şu kunlarda farzand kutayotgan oilalardan biri naşrga Irkutskdagi tuğuruqxonalardan birida ham karantin ekanini aytib bergan.

Naşrning soğliqni saqlaş sohasidagi suhbatdoşining sözlariga köra, irkutsklik şifokorlar «allaqaçon ölat töğrisida oçiqçasiga gapirmoqda», ammo şifoxonalarga kelib tuşayotgan hujjatlarda bu taşxis qayd etilmagan. «Öpka ölati tarqalganda tanlab karantin qöllanmaydi – çeklovlar barça tibbiyot muassasalarida bir vaqtning özida joriy etiladi», - deya öz manbasi sözlarini keltiradi «Lyudi Baykala».

«Lyudi Baykala» xabaridan köp ötmay Rospotrebnadzor bayonot berdi. Idora «Irkutsk oblasti, Irkutsk va Şelexov şaharlarida sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorligi»ni maʼlum qildi, şuningdek, «maxsus kompleks çora-tadbirlar» taşkil etilgani va ötkazilgani haqida hisobot berdi.

Bunday tadbirlarga Irkutskdagi ölatga qarşi institut xodimi «etiologiyasi aniqlanmagan pnevmoniya»ga çalingani sabab bölgan. Rospotrebnadzordagilar vafot etgan ayolning organizmida «uning kasbiy faoliyati bilan boğliq mikroorganizmlar» topilmaganini alohida qayd etgan.

3-oktabr kuni Şelexovdagi Irkutsk alyuminiy zavodida niqob rejimi joriy etilgandi. Zavod direktori Artyom Fomin buni profilaktik çora deb atagan. «Özini asraganni Xudo ham asraydi – ehtiyotkorlik çoralariga rioya qiling», – deya yozgan u öz telegram-kanalida.

Bir neça kun oldin aynan Şelexovdagi (Irkutskning yöldoş şahri) şifoxonalardan birida 28 yoşli bemor Darya Şipilova vafot etgandi (jurnalistlar aniqlaşiça, u ölatga qarşi institutda laborantka bölib işlagan). Uni şifoxonaga 29-sentabr kuni olib kelişgan, ikki kun ötib uning joni uzilgan. Öşanda OAVda röy bergan hodisa böyiça ikki versiya tilga olingandi.

Ulardan biriga köra, Şipilova Tailanddan qaytganidan keyin öpka ölati taşxisi bilan kasalxonaga tuşib qolgan. Boşqa versiyaga köra, u qöqqisdan ölat qözğatuvçi solingan probirkani sindirib qöygan. Rospotrebnadzor esa institutda patogen mikroorganizmlar bilan boğliq favqulodda holat röy bermagan.

Şu bilan birga, Irkutsk oblasti rasmiylari bemorning ölimi, şuningdek, uning ölat bilan kasallangani ehtimoli haqida bayonot bermagan. Gubernator Igor Kobzev 2-oktabr kuni Rossiyaning boş sanitariya vraçi Anna Popova (u şaxsan Irkutskka uçib kelgan) bilan yiğiliş ötkazganini maʼlum qildi va bunga «regionda yaşovçi fuqaro öta xavfli infeksiya bilan kasallangani haqida tarqalgan maʼlumot» sabab bölganini aytdi.